DOLOMIT
DOLOMIT (Fransuzcha mineralogi D. Dolome nomidan) — karbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi CaMg(CO3)r oz miqdorda temir, marganes, kobalt, ba’zan mis, bariy, qo’rg’oshin va boshqalar bo’ladi. Singoniyasi trigonal. Romb, donador, buyraksimon shakllarda uchraydi. Rangi kulrang oq, sariq, kulrang-yashil. Shishasimon yaltiroq. Qattiqligi 3,5—4. Zichligi 2,9 gramm/sm3. Tabiatda keng tarqalgan. Dolomit konlari Rossiya (Ural), Ukrainada bor. O’zbekistonda Dolomit gidrotermal, polimetall konlarida (Xondiza, Uchquloch, Qo’rg’oshinkon va boshqalar) kvars, barit, pirit, sfalerit, galenit bilan yertomirlar hosil qilgan. Zirabuloq va Ziyovuddin tog’larida silur davri, Chatqol, Qurama va Nurota tog’larida devon davri cho’kindi jinslarida Dolomitning qalin qatlamlari mavjud. Dolomit metallurgiya, kimyo sanoatida flyus, termoizolyatsiya materiali sifatida va qurilishda ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz