DOLIVO-DOBROVOLSKIY MIXAIL OSIPOVICH



DOLIVO-DOBROVOLSKIY MIXAIL OSIPOVICH (1862.21.12, Peterburg — 1919.15.11, Germaniya) — rus elektrotexnigi. Uch fazali tok texnikasini ixtiro qilgan (1888). Germaniyadagi Darmshtadt oliy texnika bilim yurtida o’qigan (1881-84). Dolivo-Dobrovolskiy uch fazali asinxron dvigatelni yaratgan, bir qancha elektr mashina va apparatlar (uch fazali transformatorlar, fazometr, kuchlanish bo’lgichi, ishga tushirish reostatlari, o’lchash asboblari va boshqalar) ni loyihalagan. Frankfurt-Maynda 1891 yilda o’tkazilgan Xalqaro elektrotexnika ko’rgazmasida birinchi marta uch fazali o’zgaruvchan tok energiyasini uzoq masofaga (=170 km ga) uzatish mumkinligini isbotlagan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz