DOLIMOV TO’RABEK NO’MONOVICH



DOLIMOV TO’RABEK NO’MONOVICH (1936.18.8 — Toshkent) — geolog olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1995). Geologiya-mineralogiya fanlari Doktori (1981), professor (1985) N. Dolimovning o’g’li. ToshDUni tugatgan (1960). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi geologiyasi va geofizika institutida aspirant (1962), ilmiy xodim (1965 — 83). 1973-74 yillarda O’zbekistan Geologiya vazirligi qoshidagi O’rta Osiyo geologiya va mineral xom ashyo institutida sho’ba mudiri. 1983 yildan ToshDU geologiya fakultetida kafedra mudiri, dekan (1985-87). ToshDU ilmiy ishlar bo’yicha prorektori (1987-95), 1995 yildan hozirgi O’zMU rektori. Ilmiy ishlari burmalangan o’lkalardagi vulkan jinslarining petrologiyasi va Tyanshanning geodinamikasiga bag’ishlangan. O’zbekiston “Xalq birligi” harakati raisi (1995 y.dan), O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1995 yildan). “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” Bosh tahrir hay’ati a’zosi (1997 yildan), “mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan (1998). As: Fasialnost granitnix formasiy, T., 1972; Vulkanogennie formasii Uzbekistana, T., 1971; Riftogenez v istorii razvitiya paleozoid, T., 1988; Kisliy vulkanizm skladchatix oblastey na Primere Sredinnogo i Yujnogo TyanShanya, T., 1981; Istoriya magmatizma Tyan-Shanya, T., 1989.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz