DOLIMOV SULTON AMINOVICH
DOLIMOV SULTON AMINOVICH (1915.5.5 — Toshkent — 1992.12.11) — topograf anatom, xirurg. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1975), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan vrach (1962), tibbiyot fanlari Doktori (1969), professor (1969). ToshMIni tugatgan (1937), Surxondaryo viloyati kasalxonasining bosh vrachi va xirurg (1937-39). 2-jahon urushi qatnashchisi. Toshmi operativ xirurgiya kafedrasi dosenti (1948-69), professor, ayni vaqtda o’quv ishlari (1962— 65) va davolash ishlari (1967— 72) buyicha prorektor, 1972 yildan O’rta Osiyo pediatriya tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti) prorektori. Surunkali me’da yarasining modeli va morfologiyasi ustida tadqiqot olib borgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz