Dolimov Subutoy




Usmonbek (Subutoybek) Dolimovich Dolimov (1907.23.1 - Toshkent — 1991.24.5) — adabiyotshunos-pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1939). Ped. fanlari ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim, shoʻba mudiri (1943—57). Toshkent Davlat Universitetida oʻqituvchi (1957—62), dotsent (1963-yildan). Oliy va oʻrta maktablar uchun darslik ("Vatan adabiyoti", 1965) va uslubiy qoʻllanmalar ("Oʻzbek adabiyoti tarixini oʻqitish metodikasi", 1976; "Adabiyot oʻqitish metodikasi", 1978) muallifi. Ogahiy (Gʻ. Karimov bilan hamkorlikda), Almaiy, Lutfiy ("Gul va Navroʻz"), Gulxaniy ("Zarbul-masal") asarlarini, folklorga oid "Keng uyning kelinchagi"ni (1976) nashrga tayyorlagan. "Qobusnoma"ni oʻzbek tiliga tarjima qilgan (1986).

Manbalar




Adabiyot




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz