DOLIMOV SUBUTOY
DOLIMOV SUBUTOY (1907.23.1 – Toshkent — 1991.24.5) — adabiyotshunos-pedagog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1967). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1939). Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim, sho’ba mudiri (1943-57). ToshDU da o’qituvchi (1957-62), dotsent (1963 yildan). Oliy va o’rta maktablar uchun darslik (“Vatan adabiyoti”, 1965) va uslubiy qo’llanmalar (“O’zbek adabiyoti tarixini o’qitish metodikasi”, 1976; “adabiyot o’qitish metodikasi”, 1978) muallifi. Ogahiy (G’. Karimov bilan hamkorlikda), Almaiy, Lutfiy (“gul va Navro’z”), Gulxaniy (“zarbul-masal”) asarlarini, folklorga oid “keng uyning kelinchagi”ni (1976) nashrga tayyorlagan. “Qobusnoma”ni o’zbek tiliga tarjima qilgan (1986). As: umr saboqlari, T., 1982.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz