DOLIMOV NO’MON DOLIMOVICH



DOLIMOV NO’MON DOLIMOVICH (1906.1.2. – Toshkent – 1977.10.7) – geograf olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1970). Toshkent kechki pedagogika institutini tugatgan (1940). Geografiya fanlari nomzodi (1944), dotsent (1945). O’rta Osiyo davlat universiteti (keyinroq ToshDU deb atalgan) geografiya fakulteti dekani (1945-68). Ilmiy faoliyati O’zbekiston tabiatini o’rganishga, lug’atlar, tabiiy geografiyadan darsliklar, o’quv geografik xaritalari, atlaslar yaratishga bag’ishlangan. O’quv adabiyotlarini o’zbek tiliga tarjima qilishda qatnashgan. As: geografik terminlarning qisqacha ruscha-O’zbekcha lug’ati, T., 1953; O’zbekiston geografiyasi, T., 1962 (hammuallif); O’zbekiston tabiiy geografiyasi, T., 1986 (hammuallif).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz