DOLGOPRUDNIY
DOLGOPRUDNIY – Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatidagi shahar (1957 yildan). Moskva shahridan 18 kilometr shimoldagi temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 73,1 ming kishi (1995). Mashinasozlik, nafis organik sintez zavodlari, kema remonti-mexanika zavodi, teatr jihozlari fabrikasi, Moskva fizika-texnika instituti, Gidrometeorologiya xizmati Bosh boshqarmasi, Markaziy aerologiya rasadxonasi bor. 30-yillarda Dolgoprudniyda dastlabki dirijabl qurish verfi qurilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz