DO’LGONLAR



DO’LGONLAR, dolganlar (o’zlarini dulgaan, tiakixi, Saxa deb ataydilar) — elat, Taymir milliy okrugining asosiy aholisi. Umumiy soni 7 ming kishi (1992). Yoqut tilining do’lgon shevasida gaplashadilar. Dindorlari — pravoslavlar. Do’lg’onlarning ajdodlari Taymir yarim orolidan uzoqda, Lena daryosining Vilyuy va Muna irmoqlari rayonida yashagan. 18- asr davomida shimoli-g’arbga siljib, hozirgi yashaydigan joylariga ko’chib kelganlar. “Do’lgon” 19-asrdagi urug’lardan birining nomi. Do’lg’onlarning o’zagini asli tungus bo’lgan do’lgon, Ejen, karintuo, dongot urug’lari tashkil etgan. Do’lg’onlar bug’uchilik, ovchilik (mo’yna tayyorlash), baliqchilik bilan shug’ullanadilar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz