DOLERIT



DOLERIT (Yunoncha doleros — aldamchi) — kaynotip magmatik tog’jinsi, intruziv tog’ jinslariga nisbatan yuzaroqda hosil bo’ladi. Ichki tuzilishi ofit, poykilofit, intersertal, tashqi tuzilishi massiv, ba’zan Toshbodom. Rangi qoramtir kulrang. Mineral tarkibiga ko’ra Doleritning olivinli, asl va leykodolerit xillari mavjud. Doleritning effuziv analogi bazalt deb ataladi. Asosan, plagioklaz, piroksen, ozroq olivindan iborat. Dolerit bazalt tarkibli lava oqimlari Markaziy qismining asta-sekin sovishidan hosil bo’ladi. Gipabissal intruziv jinslar (dayka, sill) ko’rinishida uchraydi. Kontinentlar, okean osti yer po’sti, orollar Trapp formatsiyalarida ko’p tarqalgan. O’zbekistonda Chatqol, Qurama, Nurota, Tomdi, Bo’kantov, Molguzar tog’larida uchraydi. Dolerit bilan mis, nikel, kobalt, polimetall (qo’rg’oshin, rux) va boshqa konlar bog’liq. Dolerit qurilish materiali sifatida ham ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz