DOKUCHAYEV VASILIY VASILEVICH



DOKUCHAYEV VASILIY VASILEVICH (1846.1.3, Milyukove qishlog’i, hozirgi Smolensk viloyati Sichyovskiy tumani — 1903.8.11, Peterburg) — rus tabiatshunos olimi, Peterburg universiteti professor (1883-96). “Rossiya qora tuprog’i” (1883), asarida genetik tuproqshunoslik asoslarini yaratdi, tuproqshunoslik fanining asosiy qoidalarini ta’riflab berdi. “Bizning dashtlar o’tmishda va hozir” (1892) asarida qurg’oqchilikka qarshi kurash majmuining ilmiy yechimlarini ko’rsatib bergan. Rossiyada birinchi tuproqshunoslik kafedrasiga asos solgan (1895). Dokuchayev g’oyalari tabiiy geografiya, o’rmonshunoslik, melioratsiya va boshqa rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Rossiya qishloq xo’jaligi Fanlar Akademiyasi Tuproqshunoslik instituti va boshqa ilmiy muassasalar Dolkuchayev nomi bilan ataladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz