Dok-1 Maks
Dok-1 Maks — dori vositasi. Ishlab chiqaruvchisi Marion Biotech Pvt. Ltd.. Hindistonda ishlab chiqarilgan. Tarkibi paratsetamol, gvayfenezin, genilefrin gidroxloridi.
Farmakoterapevtik guruhi
Analgetik antipiretik guruhga mansub boʻlib xalqaro farmokologik kodi ATX N02BE51.
Farmakologik xususiyati
Farmakokinetikasi
Paratsetamol — oshqozon-ichak traktida(MIT) soʻriladi, qabul qilinganidan 10-60 daqiqadan soʻng plazmada eng yuqori konsentratsiyaga koʻtariladi.
Gvayfenezin — oshqozon-ichak traktida tez soʻriladi (isteʼmol qilingandan 25-30 daqiqa oʻtgach). Jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim yemirilish davri 1 soat. U peshob bilan nofaol metabolitlar shaklida chiqadi.
Fenilefrin gidroxlorid — ogʻiz orqali qabul qilinganidan keyin soʻtilish jarayoni sekin kechadi. Ichak devori va jigar orqali oʻtish paytida monoamin oksidaza (MAO) ishtirokida metabollanadi. Qabul qilingan dozaning bir qismi peshob bilan oʻzgarmagan holda chiqadi.
Farmakodinamikasi
Dori tarkibidagi paratsetamol oʻrganib qolishni chaqirmaydigan analgetik hisoblanadi. Bundan tashqari paratsetamol antipiretik va kuchsiz yalligʻlanishga qarshi dori vositasi hamdir. Taʼsir mexanizmi prostaglandin sintezini ingibirlash va markaziy asab tizimidagi siklooksigenaza fermentini (COX-1, COX-2) bloklash bilan bilan bogʻliq boʻlib, termoregulyatsiya markaziga va gipotalamusdagi ogʻriq retseptorlariga taʼsir qiladi.
gvayfenezin esa baʼlgʻam koʻchiruvchi vosita hisoblanadi. Balgʻamning sirt tarangligini va yopishqoqlik xususiyatlarini pasaytiradi, bu balgʻamning nafas olish yoʻllaridan evakuatsiya qilinishni osonlashtiradi.
Fenilefrin gidroxloridi vazokonstruktiv taʼsirga ega, yuqori nafas yoʻllarining shilliq pardalari va nazal sinuslarning shishishi hamda giperemiyasini kamaytiradi.
Qoʻllashga koʻrsatmalar
Qabul qilish usuli va dozalari
Sirop:
Nojoʻya taʼsirlari
Koʻp hollarda kuzatiladi
Kamdan-kam kuzatiladi
Doza koʻp qoʻllanilsa
Qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar
Dori tabletka va sirop shaklida ishlab chiqarilgan. Shifokor retseptisiz berilgan. 2022-yil 27-dekabr holatida dori vositasi Oʻzbekistondagi barcha dorixonalardagi sotuvdan qaytarib olingan.
Dok-1 Maks voqeasi
Manbalar
uz.wikipedia.org