DOJLAR SAROYI
DOJLAR SAROYI – Italiya gotika me’morligining ulkan obidasi (9-15-asrlar). San-Marko sobori va kutubxonasi hamda boshqa binolar bilan uyg’unlashgan holda shahar me’moriy ansamblini tashkil etgan. Venetsiya davlati hukumat boshliqlari (Dojlar)ning qarorgohi bo’lgan hashamatli saroy (18-asr oxiridan muzey) gotika (14-15-asrlar) va Renessans (15-16-asrlar) uslubida qayta qurilgan. “Katta maslahat” zali (54×25 metr, balandligi 15,4 metr)da P. Veroneze, Tintoretto, J. B. Tepolo va boshqa mashhur rassomlarning asarlari, namoyonlarga ishlangan rasmlari saqlangan. Dojlar saroyi me’morligida Italiya va Arab-musulmonlarning an’analari (bosh tarzining yuqori qismi yaxlit oynali, peshayvoni serustunli, qator ravoqli va boshqalar) uyg’unlashib ketgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz