Dojdi-pistoleti




Dojdi-pistoleti “ (ruscha: Дожди-пистолеты, yaʼni „Yomgʻir-pistoletlar“)) — „Zveri“ rus rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2002-yil eʼlon qilingan. Guruhning 2003-yil chiqarilgan „Golod“ nomli studiyaviy albomiga sakkizinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq soʻzini va kuyini guruh solisti Roman Bilik yozgan. 2003-yil kinorejisyyor Aleksandr Voytinskiy boshchiligida qoʻshiq uchun klip suratga olingan.

Tarona „Zveri“ guruhining „Vsye luchsheye v odnom“ (2014) albomiga ham kiritilgan. Qoʻshiqning remiksi „Luchiye“ (2013) terma albomiga kiritilgan. Shuningdek, taronaning Bilik rus xonandasi Tatyana Bulanova bilan hamkorlikda ijro etgan versiyasi ham mavjud boʻlib, u Bulanovaning „Belaya cheryomuxa“ (2004) albomiga kiritilgan.

Bilikning soʻzlariga koʻra, qoʻshiq Novorossiysk shahrilik Sveta ismli qiz haqida. Bilik Sveta bilan qurilish texnikumida oʻqiyotgan paytida tanishgan va sevib qolgan. Sveta Novorossiyk shahriga qaytib ketganidan keyin xonanda uning ketidan borib, boshqa bilan koʻrisha boshlaganidan xabar topgan. Oradan yillar oʻtib Bilik MTV telekanaliga bergan intervyularidan birida dastur Novorossiyk shahrida efirga uzatilishi yoki yoʻqligini soʻragan. Ijobiy javob olganidan keyin, kameraga qarab „Sveta, salom! Meni tashlab ketganingdan afsuslansang kerak-a?“ degan.

„Dojdi pistoleti“ qoʻshigʻida sevgilisi xiyonat qilgani haqida soʻzlab berayotgan shaxsni eshitish mumkin. Bu Bilik va Voytinskiyning haqiqiy suhbati yozuvi boʻlib, uni klipga kiritishni Voytinskiy taklif qilgan. Bilik dastlab bu firkga qarshi chiqqan, ammo keyinchalik rozi boʻlgan.

Bilik „Dojdi-pistoleti“ nomi bilan avtobiografik kitob yozgan. Kitob 2006-yil nashr qilingan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz