Doira (cholgʻu asbobi)
Doira (childirma, chirmanda, doyra, daff, dapp) — oʻzbek, tojik, uygʻur va boshqa sharq xalqlarining cholgʻu asbobi. Doira zarb bilan urib chalinadi. Gardishi oʻrik, yongʻoq yogʻochidan yasaladi. Gardishi ustidan tashqari tomondan teri bilan qoplanadi. Gardishning ich tomoniga tamburinnikiga oʻxshash xalqachalar osiladi.
Doira - zarbli cholgʻu asboblar guruhiga kiradi.
Tarixi
Doira qadimiy musiqa cholgʻularidan hisoblanadi. Markaziy Osiyo (Niso shahri, eramizdan avvalgi 2-asr)da topilgan terrakota yodgorliklarida doirachi ayollar tasvirlangan. Doira va unga yaqin urma musiqa cholgʻulari tojik, arman, ozar, uygʻurlarda dap, dapp, daff, def deb nomlanadi.
20-asrda oʻzbek doira ijrochilik anʼanalarini Usta Olim Komilov, T. Inogʻomov, D. Sottixoʻjayev, Rahim Isoxoʻjayev, F. Azimov, Qahramon Dadayev, O. Kamolxoʻjayev, aka-uka Islomovlar, M. Oripov, R. Otaboyev, T. Sayfiddinov, R. Samadov va boshqalar mukammallashtirgan.
Tuzilishi
Doiraning asosiy qismi (gardishi) tok zangi, soʻnggi yillarda zarang, akatsiya, loʻlilarda tol daraxtlaridan ishlanadi. Gardishning tashqi tomoniga buzoq, toy yoki echkining oshlangan terisi qoplanadi. Ichki tomoniga esa tamburinnikiga oʻxshash maʼdandan ishlangan halqachalar osiladi. Doiraning halqasiz turlari ham mavjud.
Gardish diametri 400—510 mm ni tashkil etadi. Doirada tovush ikki qoʻl barmoqlari yordamida hosil qilinadi. Undan yakka ijroda hamda turli xil milliy cholgʻu ansambllarida joʻrnavoz cholgʻu sifatida foydalaniladi.
Chalish usuli
Doirani chalishda qoʻllaniladigan ritm birliklari (naqralar) haqida qadimiy manbalarda yozilgan. Doira usuli odatda ikki xil zarbdan iborat. Biri — bak (baka, bako, bakka, bakko). Bak doira gardishiga yaqin joyga urilganda chiqadigan tovushdir. Ikkinchi zarb — bum. Bumni chalish uchun barmoqlarni choʻzib doiraning oʻrtaroq qismiga uriladi.
Havolalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Doira — bu anʼanaviy o‘zbek musiqa cholg‘u asbobi bo‘lib, u asosan ritmni ta’minlash va musiqa yozuvida asosiysi bo‘lgan tembr va ovoz effektlarini yaratishda qo‘llaniladi. Doira asosan yog‘och yoki metall ramkadan va uning yuzasiga tortilgan teri (baʼzan sintetik material) pardadan iborat bo‘ladi. U doira shaklida bo‘ladi, shuning uchun "doira" deb ataladi.
Doiraning asosiy xususiyati — uning ramkasida joylashgan metall chaqmoqchalari (zangori yoki pashsha kabi), bu chaqmoqchalar asbob tebranganda tovush chiqishini ta’minlaydi. Doira musiqachining qo‘lida ushlab, uni barmoqlari yoki qo‘lning boshqa qismi bilan urib chaliladi.
Doira ko‘proq xalq musiqasida, folklor ansambllarida ishlatiladi va raqs bilan birga ijro etiladi. Uning tovushi raqsning ritmini yanada jonli va taʼsirli qiladi. Shuningdek, doira ko‘plab Sharq mamlakatlarining anʼanaviy musiqa asboblari orasida keng tarqalgan.
Xulosa qilib aytganda, doira — o‘zbek xalq musiqasining ajralmas qismi bo‘lib, uning ritmik va tembr jihatdan boy shaklini yaratishda muhim rol o‘ynaydi.