DOIRA, CHILDIRMA, CHIRMANDA



DOIRA, CHILDIRMA, CHIRMANDA— yumaloq shakldagi o’zbek va tojik urma musiqa cholg’usi. Uning asosiy qismi (gardishi) tok zangi, so’nggi yillarda klyon (zarang), akasiya, lo’lilarda tol daraxtlaridan ishlanadi. Gardishning tashqi tomoniga buzoq, toy yoki echkining oshlangan terisi qoplanadi. Ichki tomoniga esa ma’dandan ishlangan halqachalar osiladi (halqasizlari ham bo’ladi). Gardish diametri 400-510 millimetrni tashkil etadi. Doirada tovush ikki qo’l barmoqlari yordamida hosil qilinadi. Undan yakka ijroda (Masalan, “Katta o’yin”, “Shodiyona” kabi yirik turkum asarlarda) hamda turli xil milliy cholg’u ansambllarida jo’rnavoz cholg’u sifatida foydalaniladi. Doira qadimiy musiqa cholg’ularidan hisoblanadi. Markaziy Osiyo (Niso shahri, miloddan avvalgi 2-asr)da topilgan terrakota yodgorliklarida doirachi ayollar tasvirlangan. 20-asrda o’zbek doira ijrochilik an’analarini usta olim Komilov, T. Inog’omov, D. Sottixo’jaev, R. Isoxo’jayev, F. Azimov, Q. Dadaev, O. Kamolxo’jaev, aka-uka Islomovlar, M. Oripov, R. Otaboev, T. Sayfiddinov, R. Samadov va boshqalar tanilgan. Doira va unga yaqin urma musiqa cholg’ulari tojik, arman, ozar, uyg’urlarda — dap, dapp, Daff, def deb nomlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz