Boshqa daraxtlardan farqli o’laroq, doimiy yashil daraxtlarning yaproqlari qishda ham to’kilmaydi. Doimiy yashil daraxtlar ichida eng suyumlisi va mashhuri biz yangi yilda bezaydigan archadir. Bunday daraxtlar qatoriga qarag’ay, savir (tuyadaraxt), oqqarag’ay va kedr ham kiradi. Bu daraxtlarning barglari xazon bo’ladigan yaproqlardan farqli ravishda ingichka va kichkinadir, ular ba’zan igna shaklida ham bo’ladi. Negaki, bu holda sovuqqa chidash osondir. Ularning mevalari po’stloq, masalan, g’udda bilan himoyalangandir yoki mayda va qattiq bo’lgani uchun ham muzlab qolmaydi.
Manba
Mo’jiza kitobning 1-jildi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish