DOIMIY SUG’ORISH SHOXOBCHALARI



DOIMIY SUG’ORISH SHOXOBCHALARI — ekin maydonlarini suv bilan etarli ta’minlashga xizmat qiladigan ariqlar. Har bir xo’jalikning suvdan samarali foydalanish rejasiga asosan dalaga yetarli miqdorda suv boradigan qilib olinadi, bunda ariq dala chegaralaridan o’tkazilib, ekinlarni mashinalar vositasida parvarishlashga xalaqit qilmasligi nazarda tutiladi. Doimiy sug’orish shoxobchalari har yili kech kuzdan erta ko’klamgacha, ayrim hollarda yoz faslida ham tozalanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz