Doha 2006 Osiyo o'yinlari




2006-yilgi Osiyo oʻyinlari (arabcha: دورة الألعاب الآسيوية 2006), rasman XV Asiad nomi bilan tanilgan, 2006-yil 1-15 dekabr kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida boʻlib oʻtgan, oʻyinlarda 39 ta sport turi boʻyicha 424 ta medallar jamlanmasini oʻz ichiga olgan. Doha oʻz mintaqasidagi birinchi va Gʻarbiy Osiyodagi ikkinchi shahar (1974-yilda Tehrondan keyin) oʻyinlarni oʻtkazgan hisoblanadi. Shahar 2030-yilda yana oʻyinlarga mezbonlik qiladi.

Osiyo Olimpiya Kengashiga aʼzo boʻlgan 45 davlatning barchasi ushbu tadbirda ilk bor ishtirok etdi. Shuningdek, Eurosport tadbirni translyatsiya qildi va bu voqea qitʼadan tashqarida birinchi marta translyatsiya qilindi. Oʻyinlarni oʻtkazish uchun 21 ta musobaqa maydonchasi ishlatilgan, shu jumladan yangi qurilgan Aspire yopiq sport majmuasi. Oʻyinlarning ochilish va yopilish marosimlari Xalifa xalqaro stadionida boʻlib oʻtdi. Musobaqada ilk bora batutda sakrash, shaxmat va triatlon sport turlari boʻycha ilk musobaqalar oʻtkazildi.

Yakuniy medallar soni boʻyicha Xitoy yaqqol gʻolib boʻldi, Janubiy Koreya va Yaponiya ikkinchi va uchinchi pogʻonalarni band etdi. Mezbon Qatar esa toʻqqizinchi oʻrinni egalladi. Tojikiston, Iordaniya va Birlashgan Arab Amirliklari tarixda ilk bor Osiyo oʻyinlarining oltin medallarini qoʻlga kiritdi. Oʻyinlar davomida 7 ta jahon va 23 ta Osiyo rekordlari yangilandi.

Ovoz berish jarayoni



Doha, Gonkong, Kuala-Lumpur va Nyu-Dehli oʻzlarining rasmiy mezbonlik qilish takliflarini 2000—yil 30—iyungacha topshirdilar Ovoz berishdan oldin assotsiatsiyaning oʻsha paytdagi vitse-prezidenti Muhammad Latif Batt boshchiligidagi OCA baholash qoʻmitasi 2000-yil 13-14 iyulda Dohani, 2000-yil 15-16 iyulda Nyu-Dehlini, Kuala-Lumpurni 2000-yil 19-20 iyulda va Gon Kongni 2000-yil 17-18 iyulda tekshirdi.

2000-yil 12-noyabrda Janubiy Koreyaning Pusan shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA) 19-Bosh Assambleyasi doirasida 2006-yilgi Osiyo oʻyinlari mezbonligi uchun ovoz berish jarayonlari boʻlib oʻtdi. Ovoz berishda Osiyo Olimpiya Kengashining 41 nafar aʼzosi ishtirok etdi va uch turdan iborat boʻlib, har bir turda daʼvogar shaharlarning eng past koʻrsatgich olganlar turda tark eta boshladi. Birinchi turdan soʻng Nyu-Dehli bor-yoʻgʻi ikkita ovoz toʻpladi va mezbpnlik qilish huquidan ajraldi. Qolgan uchta nomzod bilan ovoz berishning ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi yakunda Doha gʻalaba qozondi.

OCA qoidalariga koʻra, mavjud ovozlarning yarmidan koʻpini olgan nomzod avtomatik ravishda mezbon sifatida tanlanadi va ovoz berishning qolgan turlari bekor qilinadi. Qatar poytaxti Doha 41 ovozdan 22 tasini olgani, bu ularning 2006-yilgi Osiyo oʻyinlariga mezbonlik qilishini anglatar edi. Qatarning Doha variandi Gʻarbiy Osiyo davlatlarining bir ovozdan qoʻllab-quvvatloviga toʻgʻri keldi.

Katta ishonchlarni oqlay olmaganidan soʻng Malayziya va Gonkong, Xitoy hafsalasi pir boʻldi. Malayziya Dohaning tanlanishi kulgili ekanligini va Dohaning tanlanishiga Qatarning iqtisodiy boyligi taʼsir qilganini aytdi.

Rivojlanish va tayyorgarlik



Xarajatlar



Qatar maydonlarini tayyorlashga 2,8 milliard AQSH dollari sarfladi, jumladan, 50 000 oʻrinli „Xalifa“ stadionini 20 000 oʻrinli asl sigʻimidan tubdan yangilash va dunyodagi eng katta yopiq koʻp sportli gumbaz boʻlmish Aspire yopiq sport majmuasini qurilish ishlari boshlab yuborildi.


Koʻngillilar



2004-yilning iyul oyida boshlangan Doha 2006 Osiyo oʻyinlarining koʻngillilik dasturi 12 000 nafar koʻngillini qamrab olgan va 30 000 dan ortiq ariza qabul qilingan. Koʻngillilar maxsus forma kiygan va Al-Garafa SC qoshidagi Yagona tarqatish va akkreditatsiya markazida birlashtirilgan.


Mash’ala




1958-yildan beri mash’al estafetasi Osiyo oʻyinlarining ajralmas bir qismi sfatida qaraladi. Doha 2006 mash’alasi estafetasining rejalari Doha Osiyo oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi tomonidan 2006-yil 20-yanvarda eʼlon qilingan.

2006-yilda chiqarilgan mash’alning ogʻirligi 1,5 kilogramm, balandligi esa 72 santimetrni tashkil etgan. Uning dizayni Arabiston Oriksining egri shoxlaridan ilhomlangan boʻlib, Qatar milliy bayrogʻining ranglari boʻlgan jigarrang va oq ranglardan iborat. Bu butun Osiyodagi raqobat va doʻstlikning birlashtiruvchi ruhini ifodalaydi.

Estafeta oʻzi 2006-yil 8-oktyabrda Doha golf klubida „Mehmondoʻstlik alangasi“ mavzusida mash’ala yoqilgan qisqa marosim bilan boshlandi. 3000 dan ortiq odam ishtirokida mash’ala sakkizta sobiq Osiyo oʻyinlari mezbonlik qilgan shahar va Fors koʻrfazi hamkorlik kengashiga aʼzo toʻrtta davlatni kesib oʻtdi. Mash’al Shayx Joan Bin Hamad Al-Tani qoʻli ostidagi Dohaga qaytib keldi va shahar boʻylab sayohat 2006-yil 25-noyabrda boshlandi va oʻyinlarning ochilish marosimigacha davom etdi.

Marketing



Emblema
15-Osiyo oʻyinlarining emblemasi — harakatdagi sportchining timsoli boʻlib, sportchining qiyinchilik va toʻsiqlar oldida qoʻrqmas harakatini ifodalaydi. Emblemada foydalanilgan ranglar Qatar landshaftini ifodalaydi. Sariq rang choʻlning yarim oy shaklidagi qumtepalarini, koʻk rang Koʻrfazning sokin dengizini, qizil rang esa quyosh va Osiyoning iliq ruhini ifodalaydi.

Maskot
Dohadagi Osiyo oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi 2006-yilgi Dohadagi 15-Osiyo oʻyinlarining rasmiy belgisi sifatida „Ori“ni tanladi. U 2005-yil 1-yanvarda Qatar poytaxti qirgʻogʻida oʻyinlar uchun 700 kunlik ortga hisoblash boshlanishi bilan taqdim etildi. U energiya, qatʼiyat, sport ruhi, majburiyat, gʻayrat, ishtirok, hurmat, tinchlik va oʻyin-kulgini ifodalaydi va buyuk sportchi sifatida tasvirlangan.

Medallar
Oʻyinlarning medallari Dallah reklama va Gulf Media agentligi tomonidan ishlab chiqilgan. Oʻyinlar uchun oltin, kumush va bronza boʻyicha 3000 ga yaqin medallar tayyorlandi. Ularning old tomonida rasmiy Oʻyinlar maskoti Orri va Al Zubara qal’asi, orqa tomonida esa oʻyin logotipi surati tushirilgan edi.


Ragʻbatlantirish


Oʻyinlarni targʻib qilish uchun tashkilotchilar Doha Kornishida orqaga sanash soati va oʻyinning maskoti Orrining ulkan haykalini qurdilar. Bundan tashqari, ular shaharni turli xil sport pozalarida bannerlar va 30 ta real oʻlchamdagi tasmalar bilan bezatdilar. Shahardagi mehmonxonalar, savdo markazlari va korxonalarda foydalanuvchilarga Qatar turizmi hamda oʻyinlar haqidagi maʼlumotlar va tafsilotlarni taqdim etish uchun sensorli tablolar oʻrnatildi. 2005-yil 3-aprelda Qatarning yoʻlovchi tashuvchisi Qatar Airways Doha Osiyo oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi (DAGOC) bilan tadbirning rasmiy aviakompaniyasi boʻlish uchun 10 million AQSh dollari miqdoridagi shartnoma imzoladi. Aviakompaniya oʻzining yettita Airbus A330 samolyotini Osiyo oʻyinlarida uchta alohida koʻk, qizil va sariq rangga boʻyadi va oʻzining Global reklamasi doirasida oʻzining „Oriks“ jurnalida televizion reklama roliklari va sport voqeasi boʻyicha maxsus 80 betlik qoʻllanmani tayyorladi.

Merchandising
Oʻyinlar davomida shaharning turli joylarida, jumladan, musobaqalar oʻtkaziladigan joylarda mahsulotlar sotilishi va Qatar turizmi koʻz koʻz qilina boshlandi.

Joylar




Oʻyinlar oʻtkaziladigan jami 23 ta joy boʻlib, ulardan 21 tasi musobaqalar oʻtkaziladigan joylar, qolganlari esa Bosh Media Markazi va sportchilar shaharchasi edi. Aspire akademiyasida trek velosipedi musobaqalari uchun vaqtinchalik velodrom qurilgan edi.

Sportchilar shaharchasi markazidagi 330 000 kvadrat metr maydonda qurilgan boʻlib, unda sportchilar uchun 811 ta besh xonali va 45 ta Chef-de-Missions uchun moʻljallangan 32 ta turar-joy binosi boʻlib, 11 500 nafar sportchi va jamoa vakillarini sigʻdira oladi.

Transport



Doha xalqaro aeroporti oʻyinlar arafasida havo qatnovi hajmini oshirish va Osiyoning 45 davlatidan 10 500 nafar sportchining kelishini osonlashtirish uchun 1 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritdi. Qatar Transport kompaniyasi (Mowasalat) oʻyinlar davomida tomoshabinlar, sportchilar, rasmiylar va koʻngillilarga shaharda avtobus, taksi va limuzin xizmatlarini taqdim etdi.


Oʻyinlar



Ochilish marosimi




Ochilish marosimini Xalqaro Xalifa stadionida 50 000 tomoshabin va Xalqaro olimpiya qoʻmitasi aʼzosi Jak Rogge, Eron prezidenti Mahmud Ahmadinejod, Falastin Bosh vaziri Ismoil Haniya va Suriya prezidenti Bashar Asad kabi taniqli mehmonlar tashrif buyurgan edi. Ochilish marosimini 2000-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari ochilishida bosh sahnalashtiruvchi vazifalarni bajargan avstraliyalik Devid Atkins boshqargan va ishlab chiqgan edi.

Ochilish marosimida arab dunyosi madaniyati Osiyo qitʼasining markaziy geografik joylashuvi, shuningdek, boshqa Osiyo madaniyatlari bilan aloqa oʻrnatildi. Marosimda gonkonglik Jeki Cheung, hindistonlik Bollivud yulduzi Sunidhi Chauxan, livanlik Majida El Rumi va ispaniyalik tenor Xose Karreras kabi bir qancha musiqa sanʼatkorlari chiqish qilishdi.

Oʻyinlarni rasman Qatar Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy ochdi.


Ishtirokchi Milliy olimpiya qoʻmitalari




Oʻyinlarda OCAning barcha 45 aʼzosi ishtirok etdi, shu jumladan Iroq ham musobaqaga qaytdi. Iroq oxirgi marta 1986-yilgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan va Fors koʻrfazi urushi tufayli 1990-yildan 2004-yilgacha qatnashmagan edi.

Sport



2006-yilgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan sport musobaqalari rasmiy ravishda 39 ta sport turidan 46 ta yoʻnalish boʻyicha bahslar oʻtkaziladi. Roʻyxatda keltirilgan barcha musobaqalar ochilish marosimidan soʻng boshlandi, bundan tashqari badminton, beysbol, basketbol, futbol, stol tennisi va voleybol, ochilish marosimi oldidan saralash bosqichlari boshlab yuborilgan.

Yakunlash marosimi



Yopilish marosimida ming yil avvalgi arab hikoyalari aks ettirildi va ochilish marosimlarining davomi boʻldi. Ochilish marosimidagi „Izlovchi“ bilan bir xil yosh bola bilan boshlandi. U sehrli gilam ustida uchib, arab mumtoz hikoyalari kitobini topib, oʻqiy boshladi. Ming bir kecha asarida Horun ar-Rashid va darvesh, Ali bobo va qirq oʻgʻri, Dengizchi Sinbad, Aladdin va uning Ajoyib chirogʻi kabi hikoyalar oʻrin olgan. Shou turli hikoyalarni tasvirlash uchun bir qator raqqosalar, otlar va maxsus effektlardan foydalangan.

Namoyish tugaganidan keyin 45 mamlakatning barcha sportchilari stadionga kirishdi. Janubiy koreyalik suzuvchi Park Tae Xvan yettita medalni qoʻlga kiritib, Oʻyinlarning eng yaxshi sportchisi deb eʼlon qilindi.

Shundan soʻng OCA prezidenti Shayx Ahmad al-Fahad Al-Sabah oʻyinlar yopilganini rasman eʼlon qildi. Anʼanaga koʻra, Qatar Qurolli Kuchlari xodimlari stadiondan tashqariga Aspire akademiyasi talabalari koʻtarib yurgan OCA bayrogʻini tushiradi. Keyinchalik, Xitoy davlat madhiyasi bilan Xitoy bayrogʻi koʻtariladi. Shundan soʻng Shayx Ahmad OCA bayrogʻini Guanchjou meri Chjan Guangningga topshirdi.

Xavotirlar va tortishuvlar




Sportchining oʻlimi



Janubiy Koreyalik ot sportchisi Kim Xyon Chil 7-dekabr kuni ertalab yomgʻir ostida boʻlib oʻtgan kross musobaqasi vaqtida otdan yiqilib halok boʻldi. Baxtsiz hodisa uch kun davom etgan sport musobaqasining kros bosqichida sakkizinchi sakrashda yuz berdi. Bundaberg Black laqabli ot uning ustidan agʻdarilganidan soʻng, u Hamad umumiy kasalxonasiga olib ketildi, uning oʻlimi keyinchalik tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlandi.

Tanqid



Ochilish marosimi yuqori bahoga sazovor boʻlganiga qaramay, baʼzi delegatsiyalar va sportchilar tomonidan tanqidlar ham boʻldi. Ochilish marosimi tugaganidan soʻng kuchli yomgʻir yogʻdi va koʻpchilik tashkilotchilarning bu bilan shugʻullanish rejasi yoʻqligiga ishonishdi va bu tartibsizlikni keltirib chiqardi.

Ism bahsi



2004-yil dekabr oyida Fors koʻrfazi notoʻgʻri nomlangan risola chop etilgandan keyin Eron tadbirni boykot qilish bilan tahdid qildi.

Doping



Oʻyinlar davomida doping-testdan oʻta olmagan sportchilar roʻyxati keltirilgan:

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz