DOG’VOY



DOG’VOY (Codonopsis clematidea) — qo’ng’iroqguldoshlar oilasiga mansub, qo’lansa hidli ko’p yillik o’t. Bo’yi 50— 80 santimetr. Ildizi baquvvat, duksimon. Barglari, asosan, qaramaqarshi o’rnashgan. Guli qo’ng’iroqsimon. Tojbarglari och havorang. Iyunda gullab, avgust oxirida meva beradi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi tog’larning zax yerlarida va daralarning tubida o’sadi. Dog’voydan kodonopsin va kodonopsinin alkaloidlari olinadi. Poya va barglarida alkaloidlarning umumiy miqdori 0,04— 0,08%. Mahalliy xalq Dog’voy poyasi va barglaridan tayyorlangan damlamani bosh og’rig’i, oftob urishi, sariq kasalligi va turli teri kasalliklarini davolashda ishlatadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz