Doguztov tori
Doguztov tori - Markaziy Qizilqumdagi togʻ. Ovminzatov bilan Tomditov togʻlari oraligʻida. Eng baland joyi 444 m. Uz. 6—8 km. D.t. jan.gʻarbdan shim.-sharqqa yoʻnalgan. Yon bagʻirlari oʻydim-chuqur, quruq soy koʻp. Tub jinslar yer betiga chiqib qolganligi va ularning nurashi natijasida vujudga kelgan toshloq jinslar ustida qungʻir boʻz tuproqlar tarkib topgan. Shuvoq, boyalich, biyurgʻun, keyreuk oʻsadi.
Adabiyot
uz.wikipedia.org