Dogʻman
„
Dogʻman “ — oʻzbek xonandasi Komiljon Otaniyozov ijro etgan qoʻshiq. Ashula musiqasini Noqis muxammasiga Otaniyozovning oʻzi bastalagan. „Dogʻman“ Otaniyozov repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlarning biri boʻlib, xonandaga katta shuhrat olib kelgan. Tarona XX asrda bastalangan eng taniqli oʻzbekcha qoʻshiqlarning biri boʻlib, yillar davomida oʻnlab xonanda uni ijro etgan.
„Dogʻman“ qoʻshigʻini bir necha xonanda, jumladan Tavakkal Qodirov, Fahriddin Umarov, Olmaxon Hayitova, Abdulhay Karimov, Jahongir Otajonov, Shuhrat Qayumov va boshqalar kaver qilgan. Ular orasida Qodirov va Otajonov ijrosidagi versiyalar katta shuhrat qozongan. Tanqidchilar Otajonov ijrosidagi estrada janridagi kaverni ijobiy baholagan. Qayumov ham taronani zamonaviy uslubdagi aranjirovka bilan ijro etgan.
Ayrim oʻzbekcha manbalarda „Dogʻman“ qoʻshigʻi matniga asos boʻlgan muxammasni Komil Xorazmiy yozgani iddao qilingan, ammo bu notoʻgʻri maʼlumot.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org