Dogma
Ushbu maqola doktrina haqidadir. Shu nomli film uchun Dogma (film) maqolasiga qarang.
Dogma (yun. dogma – fikr, qoida, taʼlimot):
1) qanday sharoitda qoʻllanishidan qatʼi nazar, tanqid koʻzi b-n tekshirilmay koʻr-koʻrona qabul qilinaveradigan qoida, dalil-isbotsiz muhokama. Dogmatik fikr bilish yoʻliga, fan taraqqiyotiga toʻsqinlik qiladi (qarang Dogmatizm);
2) ilohiyotda dindorlar uchun Yaratuvchi tomonidan joriy qilinganligi uchun majburiy hisoblangan, muhokama yuritmasdan eʼtiqod qilinadigan ilohiy taʼlimotga empirizm nuqtai nazaridan berilgan baho (qarang Aqida). Biror din, ideologiya yoki boshqa tashkilot tomonidan qabul qilingan va muhokama qilinishi taqiqlangan ishonch yoki doktrinadir.
Huddi shuningdek, ilohiy aqidani rad qiluvchi ateistik gʻoyalarini koʻr-koʻrona qabul qilinaverishga dogmatik ateizm deyiladi.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org