DOG’LARJA FOZIL HUSNU



DOG’LARJA FOZIL HUSNU (1914, Istanbul) — turk shoiri. Ilk kitobi “Havoga chizilgan dunyo” (1935). “Bola va Alloh” (1940) she’riy to’plami Dog’larjaga Shuhrat keltirgan. Dog’larja o’z davrining eng sermahsul ijodkori hisoblanadi. 40 dan ortiq she’riy to’plamlari nashr qilingan. She’rlarida odamlarning ichki va tashqi dunyosini poetik ifodalashga alohida e’tibor bergan (“tosh davri”, 1945; “uch shahid dostoni”, 1949). “Tuproq ona” (1950), “Istiqlol kurashi — Inonular” (1951), “ASU” (1955), “Chanaqqal’a dostoni” (1965), “G’ozi Mustafo Kamol Otaturk” (1973), “Yer yuzi bolalari” (1974), “Dildagi Bilimsevar” (1992) va boshqa asarlarida gumanist shoir sifatida insonni ulug’laydi. She’rlari tilak Jo’ra tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan (1980).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz