DOG’ISTON TOG’ QO’Y ZOTI
DOG’ISTON TOG’ QO’Y ZOTI – mayin junli, go’sht-jun beradigan qo’y zoti. Dog’istonda dag’al mahalliy Gunib qo’ylarini Vyurtemberg (Germaniya) mayin junli qo’chqorlari bilan chatishtirib yetishtirilgan (1933-50) va olingan 2-bo’g’in duragaylarini tanlash va saralash, tog’ yaylovlariga moslashish qobiliyatini o’rgangan holda yaratilgan. Tog’-yaylov iqlimiga yaxshi moslashgan. Pushtdorligi 130-135%. Qo’chqorlarining tirik vazni 80-85 (ayrimlari 130) kilogrammgacha, sovliqlariniki 50-45 (ba’zida 95) kilogramm. Qo’chqorlaridan 5,5— 6,0 (10 kilogramm) gacha, sovliklaridan 3,3— 3,5 (6,5 kilogramm) gacha jun qirqib olinadi. Toza jun chiqishi 55— 58%. Juni oq, tolasining uzunligi 8-11 santimetr. Sof jun (tola) chiqimi 55-56%. Dog’iston tog’ qo’y zoti dag’al junli qo’ylar sifatini yaxshilashda foydalaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz