Dog‘iston tillari




Vanax-dogʻiston tillari, yoki Sharqiy Kavkaz tillari - Kavkaz (iber-kavkaz) tillarinkit eng koʻp tarmoqli guruhi. Mazkur tilda soʻzlashuvchi elatlar Dogʻiston, Shim. Ozarbayjon, Gruziyaning ayrim joylari, Checheniston, Ingushiya hududlarida tarqalgan. D. t. tillar guruhi va ayrim tillarga boʻlinadi: 1) avar-anddidoy (sez) guruhi. Bu guruhga avar, and, botlix, karatin, axvax, bagulal, tindin, chamalin, godoberi, didoy (sez, xvarshi, ginux, bejitin yoki kapichu, gunzib) tillari kiradi; 2) lak tili; 3) dargʻin tili. Bu tillar bir-biridan keskin farq qiluvchi bir necha dialektlarga boʻlinadi (bularning baʼzilari (mas, kubachi, qay-togʻ)ga, hatto alohida til sifatida qaralgan); 4) lazgin tillari guruhi (lazgin, tabasaran, ogʻul, rutul, saxur, kriz yoki jek, budux, xinalug , udin, archin); 5) tat tili. Bu tillar tarkibida lahja va shevalar ham mavjud. D. t. ichida faqat avar, lak, dargʻin, lazgin va tabasaran tillarigina yozuvga ega (1917-yildan soʻng yuzaga kelgan). Avval bular yozuvi arab alifbosiga asoslangan, 1928—38-yillarda lotin grafikasiga oʻtgan, 1938-yildan boshlab kirill alifbosi asosida. Oʻziga xos tovushlarni ifodlash maqsadida "ʼ", "", "i" belgilari qoʻshib foydalaniladi.

D. t. boʻyicha ilk maʼlumotlar 18-asr oxirlarida paydo boʻla boshlaydi. 19-asr 2-yarmida P. K. Uslarning Dogʻistondagi yirik elatlar tiliga bagʻishlangan ishlari nashr etiladi. 20-asr boshlarida A. M. Dirr baʼzi D. t.ni tavsifini beradi. 20-asr 20-y.laridan boshlab D. t. (grammatikasi, lugʻati, dialektlari tavsifi, qiyosiy-tarixiy tadqiqi) har tomonlama oʻrganila boshlandi.

D. t. fonetik va grammatik qurilishi oʻziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Talaffuzda murakkab konsonant tovushlar — lateral, uvilyar boʻgʻiz va hiqildoqda hosil boʻladigan undoshlar mavjud. Grammatikasi uchun ergotiv tuzilmalar, koʻp miqdordagi oʻrin kelishigi, koʻpchiligiga 2 dan to 4 tagacha ot kategoriyasi xos.

Adabiyot




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz