DOGA (DOGA) EUJENIU



DOGA (DOGA) EUJENIU (Yevgeniy Dmitriyevich) (1937.1.3, Moldaviya, Mokra qishlog’i) — moldavan kompozitori. Moldaviyada xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1974), Moldaviya xalq artisti (1982), Moldaviya Fanlar Akademiyasi akademik (1991). “Luchaferul” baleti, kantatalar, simfonik va kamer asarlar, teatr spektakllari va 200 ga yaqin kino va videofilmlar uchun musiqalar yozgan. Musiqa uslubiga yorqin ifodaviylik, ohangdorlik, jo’shqinlik va milliylik xosdir. Moldavan xalq ohanglari zaminida yaratgan qo’shiqlari (“Gullar ummoni”, “shahrim haqida qo’shiq”, “Dnestr — mening faxrim” va boshqalar) va ayniqsa, kinofilmlar [“Lautarlar”, “Tabor ko’kka intiladi”, “Mariyamirabella”, “mening nozik va yoqimtoy qoplonim”, “yovvoyi” (“O’zbekfilm”), “Jamila” va boshqalar] uchun yozgan musiqalari mashhur. Moldaviya Davlat mukofoti laureati (1980). Xalqaro musiqali filmlar festivali (Brno, 1991) da kino musiqasi sohasida erishgan buyuk xizmatlari uchun Gran-pri sovrini bilan mukofotlangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Sun'iy intellekt javobi:

"Doga Doga Eugeniu" haqida ma'lumot so‘rayapsiz, lekin bu atama yoki ism haqida aniq ma'lumotlar mavjud emas. Iltimos, biroz qo‘shimcha kontekst yoki ma'lumot bera olasizmi? Masalan, u kim, qaysi soha bilan bog‘liq yoki qayerda uchragan? Shunda sizga aniqroq yordam bera olaman.



TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz