DODXOH



DODXOH, dodxo (fors—adolat istovchi) — 1) Qo’qon xonligi va Buxoro amirligida: a) qal’a boshlig’i, qo’rboshi; b) qozixona ishlari ustidan nazorat olib boruvchi amaldor, raisi Kalon; Qo’qon xonligida bu mansab amaldorlar ro’yxatida to’qqizinchi o’rinda (parvonachidan keyin, biydan oldin) turgan. Dodxoh yiliga xon xazinasidan 700 botmon don va 1000 tilla pul olgan; 2) Buxoro amirligida arzchilar shikoyatini amirga yetkazib, javobini shikoyatchilarga bildiruvchi amaldor. Qo’qon xonligida bunday amaldor hudaychi deb nomlangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz