DODOMA
DODOMA — Tanzaniya Birlashgan Respublikasining poytaxti. Mamlakatning Markaziy qismida. Aholisi 204 ming kishi (1998). Dorussalom— Kigoma temir yo’l va Buyuk shimoliy avtomobil yo’lidagi muhim transport yo’llari tuguni. Oziq-ovqat (vino, meva kon-servalari, moy ishlab chiqarish va boshqalar) sanoati, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, yog’ochsozlik korxonalari mavjud. Geologiya va konchilik ishlari ilmiy tadqiqot instituti, geologiya muzeyi bor. Mamlakat poytaxti 1993 yildan Dorussayaomsan Dodomaga ko’chirila boshlandi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz