Doctor Strange in the Multiverse of Madness




Doctor Strange in the Multiverse of Madness (tarjimasi „Doktor Strange telbalik multiolamida“) 2022-yili ekranlarga chiqqan superqahramonlar haqidagi film boʻlib, Sam Raimi tomonidan suratga olingan. Marvel Comics nashriyotidan tushirilgan Doktor Strange personajiga asoslangan. Marvel Studios tomonidan ishlab chiqarilgan hamda Walt Disney Studios Motion Pictures distributor kompaniyasi tomonidan tarqatilgan. Film Doktor Strange (2016) ning sikveli boʻlib, Marvel kinematografiya koinoti (MKK) ning 28-toʻliq hajmli filmi sanaladi.

Doctor Strange in the Multiverse of Madness premyerasi AQShda 2022-yil 6-mayda boʻldi. Film umumjahon boʻylab $955 million jamgʻardi va 2022-yilning 3chi eng kassabop filmiga aylandi.

Mazmuni



America Chavez va Stephen Strangening alternativ versiyasi Vishanti kitobini axtarar ekan, olamlar orasidagi boʻshliqda ularni iblis taʼqib etadi. Iblis Strangeni oʻldiradi, Chavez esa tasodifan portal ochib, oʻzini va Strangening murdasini Yer-616ga transportatsiya qiladi. U yerda Strangening shu olamdagi versiyasi Chavezni Oliy sehrgar Wong koʻmagida boshqa bir iblisdan qutqarib qoladi. Soʻngra, Chavez uni iblislar taʼqib qilayotgani, chunki multiolamlar uzra sayohat qilish qobiliyatiga sohib ekanligini Strangega ochiqlaydi.

Jodugarlik runalarini tanigan Strange yordam soʻrab Wanda Maximoffning oldiga boradi, keyinchalik tushunadiki, barcha hujumlar orqasida Wandaning oʻzi turibdi. Darkhold kitobiga sohib boʻlib, Scarlet Witch („Qizil jodugar“) ga aylanganidan keyin Maximoff Chavezning qobiliyatini oʻzlashtirish unga Westview shahrida yaratgan Billy va Tommy ismli bolalari bilan birga boʻlish imkonini beradi, deb ishonadi. Strange Chavezni unga berishni rad etganidan soʻng Maximoff Kamar-Tajga hujum qilib, u yerdagi koʻplab sehrgarlarni oʻldiradi. Chavez yana tasodifan portal ochib, oʻzini va Strangeni Yer-838 ga transportatsiya qilib yuboradi. Maximoff „roʻyo kezish“ uchun Darkholddan foydalanadi hamda Billy va Tommy bilan birga yashayotgan Yer-838 dagi oʻzi ustidan nazoratni oladi. Boshqa tomondan, omon qolgan bir sehrgar Darkhold kitobini yoʻq qilish va roʻyokezarlikni buzish uchun oʻzini qurbon qiladi. Keyin, Maximoff Wongni Darkhold kitobi kuchi manbai boʻlgan Wundagore togʻiga olib borishga majbur qiladi.

Rollarda




Musiqasi




Filmga Danny Elfman bastakorlik qildi. Dastlab, loyihada Michael Giacchino bastakor oʻlaroq qatnashishi rejalashtirilgan boʻlgan.

Izohlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz