Dénwér
Denver — AQSH gʻarbidagi shahar, Kolorado shtatining maʼmuriy markazi. Saut-Platt daryosi sohilida, Qoyali togʻlarning sharqiy etagida 600 m balandlikda joylashgan. Aholisi 554,6 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Togʻli shtatlarning yirik sanoat va savdo-moliya markazi. Aviaraketa-kosmik, radioelektronika asboblari, priborsozlik, metallni qayta ishlash, sement, koʻn poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Sport buyumlari ishlab chiqariladi. Zarbxona, astma kasalliklarini davolash ilmiy markazi, 2 ta universitet, muzeylar bor. D. yonidan rangli va nodir metall rudalari qazib olinadi. Shaharga 1858-yilda oltin qidiruvchilar asos solgan. Togʻ turizmining markazi.
City and County of Denver AQShning Colorado shtatida joylashgan shahardir. Denver okrugi tarkibiga kiradi.
Aholisi
619968 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholi zichligi – har kvadrat kilometrga 1561 nafar kishi.
Geografiyasi
Maydoni — 401,3 km. Shundan 397,2 km quruqlik, 4,1 km esa suv maydonidir. Dengiz sathidan oʻrtacha 1564–1731 m balandlikda joylashgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org