DNK replikatsiyasi
Genetika fanida asosiy masalalardan biri mitotik siklning qaysi davrida xromosomalar paydo bolishini oʻrganish boʻlsa, ikkinchisi bu hodisaning molekular mexanizmini aniqlashtirishdir.
Xromosomalar biosintezining molekular mexanizmida asosiy oʻrinni DNK replikatsiyasi ya’ni ikkilanishi egallaydi. DNK sintezini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, bu jarayon koʻp hujayrali organizmlarda interfaza bosqichida boʻlib oʻtadi.
DNK molekulasining replikatsiyasi toʻgʻrisida uch xil faza ilgari surilgan. Bular
konservativ — turgʻun, polikonservativ — yarim turgʻun va
dispersion fazalardir. Konservativ fazaga koʻra replikatsiya davrida DNK molekulasidagi qoʻsh spiral oʻzgarmaydi, shu holatda u o`ziga aynan o'xshash molekulani sintezlaydi. Binobarin ikki DNK molekulasining biri eski, ikkinchisi toʻligʻicha yangi boʻladi.
Yarim konservativ faza boʻyicha replikatsiya davrida DNK molekulasining qoʻsh zanjiri bir-biridan ajralib ikkiga boʻlinadi va har bir zanjir komplementar zanjirning hosil boʻlishi uchun matritsa vazifasini o ʻtaydi. Natijada hosil boʻlgan ikkita DNK qoʻsh zanjirining biri eski, ikkinchisi yangi boʻladi. Replikatsiyaning dispersion usulda DNK molekulasining ikkilanish jarayonida hosil qiluvchi zanjirlar uzilib parchalanadi. Shundan soʻng har bir DNK fragmenti oʻziga o ʻxshash fragmentni hosil qiladi va ular oʻzaro birlashib yangi DNK molekulasining tiklanishiga sababchi boʻladilar.
DNK ning yarim konservativ ikkilanishi
DJ.Uotson va
F.Krik tomonidan ishlab chiqilgan modelga toʻgʻri keladi. Bu sxemaga коʻга, DNK replikatsiyasida purin va pirimidin asoslari oʻrtasidagi vodorod bogʻlar uziladi. Polinukleotid zanjir bir-biridan ajraladi. Hosil boʻlgan har bir zanjir polimerizatsiya yoʻli bilan o ʻziga komplementar zanjirni karioplazmadagi mononukleotidlardan hosil etadi.
DNK reparatsiyasi
Tashqi muhit omillari xususan fizikaviy-ultrabinafsha, rentgen, kobalt nurlar kimyoviy-alkoloidlar va boshqa moddalar hujayraga ta’sir koʻrsatib D NK molekulasini shikastlantirishi mumkin. Buning natijasida nukleotidlar jufli orasidagi vodorod bogʻlar buzilishi va nukleotidlar oʻz oʻmidan qoʻzgʻalishi, parchalanishi mumkin. Agar mazkur mutatsiyalar unchalik katta boʻlmasa, ular fenotipda namoyon boʻlmaydi.Bunga asosiy sabab hujayrada ana shunday shikastlarni bartaraf etadigan DNK molekulasini asl holatiga qaytaradigan reparatsion sistema rnayjud boʻlib, uning faolligida shikastlangan qism ta’mirlanadi.
Genetik reparatsion sistema alohida fermentlar kolleksiyasidan tashkil topgan. Shunday fermentlar qatoriga DNK endonukleazalar, DNK polimeraza, DNK ligaza fermentlari kiradi.
Kariotip haqida tushnncha
Ma’lum turga tegishli organizmlaming turli somatik toʻqimalarining hujayra xromosomalarini tadqiq etish shuni koʻrsatdiki, har bir tur uchun xromosomalarning o ʻziga xos soni, shakli va tarkibi mavjuddir.
Oʻsimlik va hayvonlaring ma`lum sistematik guruhi uchun xos boʻlgan somatik hujayra xromosomalarining soni, shakli va oʻlchami
kariotip deb ataladi.
Foydali Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org