Dânişmendliler bekligi
Dânişmendliler bekligi (turkcha: Dânişmendliler) — 1080-1178-yillar orasida Çorum, Tokat, Niksar, Amasya, Malatya, Kayseri shaharlari va tutash hududlarda hukmronlik qilgan markazi Sivas boʻlgan Onadoʻlidagi turk-islom bekligi. Beklikning ilk poytaxti Niksar, keyin esa Sivas boʻlgan. 1187-yilda Koʻniya sultonligi sultoni Kılıç Arslan II tomonidan bosib olingan boʻlib, tarixda Onadoʻlida Koʻniya sultonligi tarkibiga qoʻshib olingan ilk turk bekligi sifatida muhimdir.
Beklikning nomi
Beklikning nomi asoschisi Danişmend Gazining ismidan olingan. Aslida Danişmend Gazi ismi Taylu boʻlib, turklarga muallimlik qilgani uchun Donishmand deb atashgan va malik unvoniga loyiq koʻrishgan. Donishmand forscha soʻz boʻlib, „bilimli odam“ degan maʼnoni bildiradi. Oʻsha davrning manbalarida Tayluning toʻliq ismi „Melik-i Muazzam Danişmend Ahmed Gazi Ali et-Türkmani“ sifatida yozib qoldirilgan. Manbalarda beklikning asoschisi Danişmend Gazining Ozarbayjonning Arran hududi va uning atrofida yashagan turkman bir oilada tugʻilgani haqida maʼlumotlar mavjud. Tarixchilar İbn Hamdun va İzzeddin İbn Şeddad Danişmend Gazining Koʻniya sultonligi asoschisi Süleyman Şahning tog'asi ekanligi haqida ma'lumotlar yozib qoldirishgan..
Beklikka asos solinishi va tugatilishi
Manbalarda ismi Melik-i Muazzam Danişmend Ahmed Gazi Ali et-Türkmani shaklida yozib qoldirilgan Danişmend Ahmed Gazi, 1064-yilda Saljuqiylar imperiyasi sultoni Alp Arslonning Kavkazga uyushtirgan harbiy yurishida qatnashgan va shu vaqtdan boshlab uning huzurida xizmat qilgan. Malazgirt jangiga qatnashgan Danişmend gʻalabaning qoʻlga kiritilishida muhim rol kasb etdi. 1080-yilda Vizantiya imperiyasiga tegishli boʻlgan Sivas shahrini egalladi va Dânişmendliler bekligiga asos soldi.
Sivasni harbiy qarargoh sifatida foydalangan Danişmend Gazi Çavuldur, Tursan, Kara Doğan, Osmancık, İltekin va Karatekin isimli yaqin amirlari bilan Amasya, Tokat, Niksar, Kayseri, Zamantı, Develi va Çorum hududlarini fath etib, bekligi hududini yanada kengaytirdi. Birinchi salib yurishlarida poytaxti Iznikni qoʻldan boy bergan Koʻniya sultoni Kılıçarslan I ga yordam berdi. Kılıçarslan I ning xristian salibchilarga qarshi olib borgan Eskişehir jangida yonida turdi. Ammo bu jangda turklar magʻlubiyatga uchradi va salibchilar Pnadoʻli ichiga qarab yurdilar. Ammo Dânişmendliler va Onadoʻlidagi boshqa bekliklarning hujumi natijasida salibchi xristianlar qoʻshinlarining bir qismini yoʻqotdilar va katta talofatlar koʻrdilar.
Dânişmendliler 1100-yilda Vizantiya imperiyasidan ajralib chiqib, mustaqil boʻlib olgan Malatyani qamal qildilar. Antakyani egallab, Antakya knyazligiga asos solgan salibchi Boemondo Malatyaga yordam uchun keldi. Ammo Dânişmendliler bilan boʻlgan jangda magʻlub boʻldi va asir tushdi. Malatya 1103-yilda Dânişmendliler bekligi tarkibiga qoʻshib olindi. Danişment Gazi qoʻlida asir boʻlgan Antakya knyazi Boemondoni ikki yuz oltmish ming dinor evaziga ozod qildi. Ammo bu harakar Koʻniya sultoni Kılıçarslan I bilan Danişment Gazi oʻrtasiga sovuqchilik tushirdi. Maraşda boʻlib oʻtgan jangda yengilgan Danişment Gazi, 1104-yilda vafot etdi. Beklikning taxtiga oʻgʻli Melik Gazi chiqdi.
1135-yil Malatyada Melik Aynüddevle bin Gazi oʻzini bek deb eʼlon qilshi bilan Dânişmendliler bekligi ikiga boʻlindi. Malatya Dânişmendliler bekligi 1175-yilda tugatildi. Beklikning ikkinchi qismi 1178-yilda Koʻniya sultoni Kılıçarslan II tomonidan bosib olindi.
Dânişmendlilerning meʼmoriy asarlari
Dânişmendliler bekligi beklari
Sivas beklari Malatya beklari
Dânişmendlilerning shajarasi
Manbalar
uz.wikipedia.org