Dnestrbo‘yi Moldova Sovet Sotsialistik Respublikasi




Pridnestroviya Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi , Pridnestroviya Moldaviya SSR (ruscha: Приднестровская Молдавская Советская Социалистическая Республик; mold.: Република Советикэ Сочиалистэ Молдовеняскэ Нистрян) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1990–1991-yillarda mavjud boʻlgan. Respublikani 1990-yilda Moldaviya SSR SSSRdan ajralib chiqishini anglab yetib, bunga qarshi chiqqan sovetparast ayirmachilar tuzgan. Pridnestroviya Moldaviya SSRni na Moskva, na Kishinyov rasman sovet respublikasi oʻlaroq tan olmagan.

1991-yil Pridnestroviya Moldaviya SSR oʻrnida Pridnestroviya Moldaviya Respublikasi tuzilgan. Pridnestroviya Moldaviya SSR ayrim manbalarda Sovet Pridnestroviyasi yoki shunchaki Pridnestroviya deb yuritiladi.

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz