Dnestr




Dnestr (rumincha: Nistru, ukraincha: Дністе́р, qadimgi yunoncha: Τύρας, lotincha: Tyras, Tiras; inglizcha: Dniester) — Sharqiy Yevropadagi daryo, Ukraina va Moldavada. Uz. 1352 km. Havzasining mayd. 72,1 ming km. Karpat togʻlarining shim. yon bagʻridan boshlanib, Kora dengizning Dnestr limaniga quyiladi. Quyi oqimida oʻrtacha suv sarfi 310 m3/sek. Suvi sugʻorishga sarflanadi, yuqori oqimida yogʻoch oqiziladi. Soroki sh.dan Dubossari GES gacha va GES dan quyilish joyigacha muntazam kema qatnaydi. Yomgʻir va qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik oqim qariyb 8 km. Dnestr qish iliq kelganda muzlamaydi. Dnestr boʻyida Benderi, Tiraspol sh.lari joylashgan.

Adabiyot




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz