DNESTR
DNESTR (Yunoncha— Tyras) — Sharqiy Yevropadagi daryo, Ukraina va Moldaviyada. Uzunligi 1352 kilometr. Havzasining maydoni 72,1 ming kilometr kvadrat. Karpat tog’larining shimoliy yon bag’ridan boshlanib, kora dengizning Dnestr limaniga quyiladi. Quyi oqimida o’rtacha suv sarfi 310 metr kub/sekund. Suvi sug’orishga sarflanadi, yuqori oqimida yog’och oqiziladi. Soroki shahridan Dubossari GES gacha va GES dan quyilish joyigacha muntazam kema qatnaydi. Yomg’ir va qor suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yillik oqim qariyb 8 kilometr kub. Dnestr qish iliq kelganda muzlamaydi. Dnestr bo’yida Benderi, Tiraspol shaharlari joylashgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz