DNEPRODZERJINSK



DNEPRODZERJINSK (1936 yilgacha Kamenskoe) — Ukrainadagi shahar (1926 yildan), Dnepropetrovsk viloyatida, Dnepr daryosidagi port. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 278 ming kishi (1997). Metallurgiya kombinati, kimyo, koks kimyosi, mashinasozlik (vagonsozlik va boshqalar) sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari (shu jumladan tsement) ishlab chiqariladi. Issiqlik elektr markazi, GES ishlab turibdi. Industriya instituti, shahar tarixi muzeyi mavjud. Dneprodzerjinsk 1750 yildan ma’lum.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz