DNEPR BO’YI QIRLARI



DNEPR BO’YI QIRLARI – Ukrainadagi qirlar, Dnepr va Janubiy Bug daryolarining o’rta oqimlari oralig’ida. Eng baland joyi 323 metr. Yassi suvayirg’ichlar orasida chuqur vodiy va soyliklar bor. Dnepr bo’yi qirlari zaminidagi qadimgi kristall jinslar ustini uchlamchi va to’rtlamchi davr qum, gil, lyoss va lyossimon qumoklar qoplagan. Qirlar serunum qoratuproqli o’rmondasht va dasht yerlardir; ko’p qismida dehqonchilik qilinadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz