DNEPR BO’YI PASTTEKISLIGI



DNEPR BO’YI PASTTEKISLIGI, Dnepr pasttekisligi— Ukrainadagi pasttekislik, Dnepr daryosining chap sohilida. Balandligi 50-160 metr, eng baland joyi 226 metr, uzunligi 500-600 kilometr, eni 200 kilometr, Lyoss, lyossimon qumoq va flyuvioglyasial yotqizikdardan tarkib topgan, ular ustida serunum qoratuproq paydo bo’lgan. Yer yuzasi tekis, faqat Dnepr bo’yi qirlariga yaqin yerlarda soylik va jarlar bor. Dnepr bo’yi pasttekisligi o’rmondasht, qisman dasht zonasida. Ko’p qismida dehqonchilik qilinadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz