Dmitriy Solovyov




Dmitriy Vladimirovich Solovyov (ruscha: Дми́трий Влади́мирович Соловьёв; 1989-yil 18-iyul, Moskva) — Yekaterina Bobrova bilan juftlikda muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Dmitriy Solovyov Olimpiya chempioni (2014-yil, jamoaviy turnir), Olimpiya kumush medali sovrindori (2018-yil, jamoaviy turnir), Jahon chempionati bronza medali sohibi (2013-yil), Yevropa chempioni (2013-yil) va yetti karra Rossiya chempioni (2011 — 2014, 2016 — 2018) boʻlgan.

Dmitriy Solovyov Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi. 2017-yil 4-noyabr holatiga koʻra Solovyov va Bobrova juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi reytingida birinchi oʻrinni egallagan.

Faoliyati




Dmitriy Bobrova bilan birgalikda 2000-yildan sport juftligi boʻlgan. 2012-yilgacha ular Yelena Kustarova va murabbiy Svetlana Alekseyeva qoʻl ostida mashq qilishgan.

2008-yilgi Rossiya chempionatida ular bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

Keyingi mamlakatlar chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallashib, yirik xalqaro startlarga chiqa olishmadi. 2009-yil fevral oyida ular Universiadada musobaqasida ishtirok etib, 5-oʻrinni egalladilar.

2012—2013-yilgi mavsumda juftlik Skate America da ikkinchi oʻrinni egalladi. Keyin esa Xitoy kubogida qatnashib, bu musobaqada ham ikkinchi oʻrinni egalladi. Ikkita ikkinchi oʻrin ularga Gran-pri finaliga yoʻllanma berdi. Juftlik finalda beshinchi oʻrinni egalladi. Soʻng, Rossiya chempionatida gʻolib chiqishdi.

Jahon chempionatida juftlik qisqa raqsdan soʻng jahon yetakchilaridan: Devis/Wight va Virtue/Moir dan keyin uchinchi oʻrinni egalladi. Erkin raqsda juftlik Anna Kappellini/Luka Lanottaga yutqazib, toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Biroq, bronza medalini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlishdi.

Juftlik 2013—2014-yilgi Cup of China mavsumida ikkinchi oʻrinni egalladi. Rossiya kubogida ular oltin medalni qoʻlga kiritib, Gran-pri finaliga yoʻl olishdi. Juftlik Rossiya chempionatida gʻolib chiqdi.

Natijalari



(E. Bobrova bilan)

2015-yildan keyin




2015-yilgacha




WD = musobaqadan chiqib ketgan. J = oʻsmirlar darajasi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz