Dmitriy Sergeyevich Topornin




Topornin Dmitriy Sergeyevich (1885.25.8 Toshkent 1976.9.4) - matematikamatik, texnika fanlari doktori (1942), professor (1931). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1944). Petrograd Artilleriya akademiyasini tugatgan (1911). Toshkent kadet korpusining (1912—14), Toshkent harbiy bilim yurtining (1914—18) mat. oʻqituvchisi. Turkiston xalq universitetining ilmiy kotibi (1918—20). Oʻrta Osiyo universitetining (1920—29), Oʻrta Osiyo Paxtachilikirrigatsiya institutining (1929 —31), ToshPIning (1931—63) mat. kafedrasi mudiri. Oʻrta Osiyo elektromexanika institutining rektor oʻrinbosari (1931—33), Oʻrta Osiyo industrial institutining umumtexnika fakulteti dekani (1934—36), mat. kafedrasi professor (1963—65). Ilmiy ishlari kvadrat bazis va uning qoʻllanishiga oid. Ilmiy va metodik qoʻllanmalar muallifi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz