Dmitriy Qayumov




Dmitriy Dmitriyevich Qayumov (1949-yil 28-fevral, Toshkent - iyul 2021) — sovet va oʻzbek shaxmatchisi , SSSR sport ustasi (1975), grossmeyster (2003).

1993-yil Oʻzbekiston chempionati sovrindori (T. A. Vohidov va R. A. Ziyatdinov bilan 2-4 oʻrinlarni boʻlishgan; S.A.Yoʻldoshev chempion boʻlgan). 1981-yil Oʻzbekiston SSR chempionati kumush medali sovrindori

Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida 1975, 1979, 1983 va 1991-yillarda SSSR xalqlari spartakiadalarida, 1981-yilda SSSR jamoaviy birinchiligida qatnashgan.1991-yilgi turnirda respublika terma jamoasi Armaniston SSR jamoasi bilan 2-3-oʻrinni boʻlishgan va qoʻshimcha koʻrsatkichlar boʻyicha unga yutqazgan.

Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida toʻrtta jamoaviy Osiyo chempionati ishtirokchisi boʻlgan (1993, 1995, 1999 va 2008-yillar). 1999-yilda jamoa oltin, 1993-yilda kumush, 1995-yilda bronza medallarini qoʻlga kiritgan.

Oʻzbekistonda oʻtkazilgan koʻpgina turnirlarning ishtirokchisi, jumladan, A.Xoʻjayev va G.T.A'zamovlar xotirasiga bagʻishlangan oʻyinlarda ishtirok etgan.

2021-yilda koronavirus oqibatida vafot etgan.

Oilasi




Asosiy sport natijalari




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz