Dmitriy Pryanishnikov




Dmitriy Nikolayevich Pryanishnikov [1865.25.10(6.11), Kyaxta shahri -1948.30.4, Moskva] — rus agrokimyo maktabi asoschisi. SSSR fanlar akademiyasi akademik (1929), VASXNIL akademik (1935), Mehnat Qahramoni (1945). P.ning ilmiy ishlari oʻsimliklarni ozik'lantirish va dehqonchilikda oʻgʻitlardan foydalanish, agrokimyo, qishloq xoʻjaligini kimyolashtirish masalalariga bagʻishlangan. Olimning "Agrokimyo" (1940) asari dehqonchilikda oʻgʻitlarni qoʻllashning ilmiy asosi hisoblanadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz