Dmitriy Petrov




Dmitriy Yuryevich Petrov (ruscha: Дми́трий Ю́рьевич Петро́в; 16-iyul, 1958-yil; Novomoskovsk, Tula viloyati, RSFSR, SSSR) — Rossiyalik muallim, tarjimon, poliglot va teleboshlovchi. Rossiyaning «Kultura» telekanalidagi «Poliglot» koʻrsatuvida oʻqituvchi-teleboshlovchi hisoblanadi.

Biografiyasi



Dmitriy Yuryevich Petrov 1958-yilning 16-iyul kuni SSSRdagi RSFSRning Tula viloyatidagi Novomoskovsk shahrida tugʻilgan. 1975-yilda oʻsha paytda "Moris Torez nomidagi Moskva davlat chet tillari instituti"ga oʻqishga kiradi (hozirda ushbu oʻquv yurti "Moskva davlat lingvistik universiteti" deb ataladi). Oʻzi taʼlim olgan ushbu bilim yurtida talabalarga tahsil beradi.

Matbuotda chop etilgan intervyularidan birida, Dmitriy Petrov oʻttizdan ortiq tillarda soʻzlasha olishi aytilgan. Oʻz soʻzlariga koʻra, u qariyb 50 ta tilda oʻqiy yoki gapira oladi. Asosan 8 ta tilda ish olib boradi. Bular: inglizcha, fransuzcha, italyancha, ispancha, olmoncha, chexcha, yunoncha va hindi tillaridir. Ivrit, venger tili, moldav tillari bilan ishlagan.

2011-yilning dekabr oyida, Qozogʻiston Respublikasi madaniyat vazirligining tillar boʻyicha komiteti buyurtmasiga binoan «Тiлашар ENTER» televizion proektida qozoq tilini oʻrganish motivatsion kursini oʻtkazdi.

2012-yilning yanvar oyidan buyon Dmitriy Petrov Rossiyaning «Kultura» telekanalida efirga uzatiladigan «Poliglot» koʻrsatuvi boshlovchisi va oʻqituvchisi hisoblanadi. 2015-yilning fevral oyiga koʻra, ushbu koʻrsatuvning yettita mavsumi efirga chiqgan. Bular: inglizcha, italyancha, fransuzcha, ispancha, olmoncha, hindi/urdu va portugalcha mavsumlardir. Koʻrsatuvning barcha mavsumlari va qismlari «Kultura» telekanalining rasmiy saytida hammaga ochiq holda aks ettiriladi.

Dmitriy Petrov shuningdek rus chastushkalarini boshqa tillarga tarjima qilgan. Matbuot va oʻz soʻzlariga koʻra, u Mixail Gorbachyov, Boris Yeltsin va Vladimir Putinning tarjimoni boʻlib ishlagan.

Xotini Hindistonlik Anamika Saksena, tarjimon. Farzandlari, ikkita oʻgʻli Demyan va Ilyan, bitta qizi Arina.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz