Dmitriy Lixachev




Dmitriy Sergeyevich Lixachev [1906.15(28).11, Peterburg - 2001, SanktPeterburg] — rus adabiyotshunosi, jamoat arbobi, akademik (1970). 1928-yilda Leningrad universitetini tugatio. Rus adabiyoti instituti (Pushkin uyi)da (IGA)... ilmiy faoliyatini boshlagan. 1954-yildan shu institutda qad. rus adabiyoti boʻlimi mudiri, Leningrad universiteti professor (1946—55). 1928—32 yillarda repressiyaga uchragan. Lixachev 10—17-asrlar rus adabiyoti va madaniyati tarixchisi sifatida rus adabiyotshunosligining muhim nazariy masalalari bilan shugʻullanib kelgan ("Igor jangnomasi", 1950; "Qadimgi rus adabiyotida inson", 1958; "Andrey Rublev va Yepifaniy Premudriy davridagi Rus madaniyati", 1962 va boshqalar). Lixachevning qadimgi rus adabiyotining paydo boʻlishi, unda inson harakterining tasvirlanishi, adabiy yoʻnalishlar, janr va uslub tizimlarining tashkil topishi haqidagi asarlarida adabiyot, xalq ijodi va tasviriy sanʼat uzviy aloqada oʻrganilgan: "Qadimgi rus adabiyoti poetikasi" (1979), "Rus tabiati haqida qaydlar" (1981), "Oʻtmish—kelajakka" (1985). "Matnshunoslik" asarida matnshunoslikning mustaqil fan ekanligini isbotlab berdi. Lixachevning mazkur monografiyasi va boshqa tadqiqotlari oʻzbek matnshunoslik fanining shakllanishiga maʼlum darajada taʼsir koʻrsatdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz