Dmitriy Korobkin
Dmitriy Viktorovich Korobkin (1971-yilda tugʻilgan) — rossiyalik kinorejissyor va operator.
Biografiyasi
1971-yil 11-iyulda Sharqiy Qozogʻiston viloyatining Zyryanovskida tugʻilgan. 1993-yilda Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini „Telejurnalistika“ yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan.
„Oʻzteleradiokompaniya“ da rejissyor, teledasturlar muallifi va boshlovchisi boʻlib ishlagan. Videokliplar, reklamalar, hujjatli filmlar suratga olgan. 1997-2000-yillarda „Vremya“ dasturining Markaziy Osiyo byurosi muxbir-operatori boʻlgan.
2003-yildan buyon Moskvada yashaydi. Aleksandr Mittaning rejissyorlik kurslarini tamomlagan. Reklama va kinoda rejissyor va operator boʻlib ishlaydi.
Dmitriy Korobkin Lyudmila Gurchenkoning soʻnggi „Pyostrie sumerki“ filmining operatori va rejissyori boʻldi.
Filmografiya
Rejissyor
Operator
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org