Dmitriy Jukovskiy




Dmitriy Vladimirovich Jukovskiy (1973-yil — aprel, Termiz — 2004-yil 16- iyul, Vladimir) — sovet va rus futbolchisi, himoyachi va yarimhimoyachi.

Biografiya



Dmitriy Jukovskiy 1973-yil 2-aprelda Oʻzbekiston SSR Surxondaryo viloyati Termiz shahrida (hozirgi Oʻzbekistonda) tugʻilgan.

Jukovskiy himoyachi va yarimhimoyachi sifatida futbol oʻynagan. Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi aʼzosi boʻlgan. 1991-yilda Toshkent viloyatining „Sverdlovets“ jamoasi safida SSSR chempionati ikkinchi quyi ligasida oʻynagan, 34 ta oʻyin oʻtkazgan.

1993-yil Andijonning „Navroʻz“ jamoasi safida Oʻzbekiston chempionatida ishtirok etib, 26 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Keyinchalik u Vladimirning „Torpedo“ jamoasiga oʻtgan. Dmitriy 1994-yilda birinchi ligada 36 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan. 1995-yilda ikkinchi ligada 32, 1996-yilda uchinchi ligada 6 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1996-yilgi mavsumning bir qismini „Kovrovts“ tarkibida Vladimir viloyati chempionatida oʻtkazgan.

1997-yilda uchinchi ligada yana „Torpedo“ jamoasi oʻyinchisi sifatida 35 ta oʻyin oʻtkazgan. Keyingi ikki mavsumni vladimirliklar bilan ikkinchi ligada oʻtkazdi va mos ravishda 9-va 13-uchrashuvlarda maydonda tushgan.

Dmitriy Jukovskiy 2000-yil va 99-mavsumning bir qismini Urenning „Energetik“ jamoasi bilan ikkinchi ligada oʻtkazgan va mos ravishda 12-va 19-oʻyinlarda maydonga tushgan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, hakam boʻlgan.

Dmitriy Jukovskiy 2004-yil 16-iyulda Vladimirda vafot etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz