Dmitriy Bystrov
Dmitriy Vyacheslavovich Bystrov (1967-yil 30-iyul, Moskva — 2005-yil 1-iyun, Moskva) — sovet va rus futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan.
Biografiya
U faoliyatining asosiy qismini Moskvaning „SSKA“ klubi safida oʻtkazdi. Dmitriy SSKA jamoasi tarkibida SSSR chempioni boʻldi va 1991-yilda kubokni qoʻlga kiritdi. Keyinchalik Rossiyaning „Zenit“, „Shinnik“, O‘zbekistonning „Navbahor“, „Lokomotiv“, Nijniy Novgorod, Lipetskning „Metallurg“ klublari tarkibida o‘ynagan.
1997-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Oliy ligasininmg amaldagi chempioni, Namanganning Navbahor jamoasiga taklif qilindi va Namangan klubi bilan shartnoma imzoladi. Tarkibdagi raqobat va jamoaga moslasha olmaslik tufayli mavsum yakunida jamoani tark etdi. 2000-yilgi mavsumda Qozogʻistonning Petropavlovsk shahri jamoasi safida 19 ta oʻyin oʻtkazgan. „Access-Golden Grain“ jamoasi tarkibida chempionat yakuniga 3 tur qolganda „Semey“ jamoasi bilan oʻyinda oʻz darvozasiga 2 ta gol urib, jamoasini oltin medallarni qoʻlga kiritishda mahrum qilgani bilan yodda qoldi. Bu oʻyindan soʻng u jamoadan chetlatildi va oʻrinbosarlar jamoasiga joʻnatildi. Keyinchalik qozoq jamoasidan soʻng Rossiyaning asosan havaskor jamoalarida toʻp surdi.
Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng u „Presnya“ va „Obninsk“ klublarida murabbiylar shtabida faoliyat olib bordi, Sergey Kolotovkin taklifiga koʻra Serpuxovdagi „Lokomotiv-M“ jamoasida yordamchi murabbiy vazifasida ishladi.
2005-yil may oyida daryoda choʻmilganidan soʻng u ogʻir kasal boʻlib qoldi, ikki marta kasalxonaga borishdan bosh tortdi. 1-iyun kuni u 37 yoshida ikki tomonlama zotiljam kasalligidan vafot etdi. U Xovanskiy qabristoniga dafn etilgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org