Dmitriy Batinkov
Dmitriy Viktorovich Batinkov (1970-yil 7-may, Moskva, SSSR) — sovet va rus futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan.
Futbolchilik faoliyati
Moskva futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 1987-yilda u Moskvaning „Torpedo“ jamoasida yoshlar jamoalari musobaqalarida ishtirok etgan.
1988-yildan 1991-yilgacha Batinkov dastlab Moskvaning „Dinamo“ jamoasida keyinchalik esa „Dinamo-2“ farm jamoasida toʻp surgan. Batinkov „oq-koʻklar“ning asosiy tarkibida faqat bir marta oʻynadi: 1991-yil 24-iyulda SSSR chempionatida u Dushanbening „Pomir“ jamoasi bilan oʻyinning 66-daqiqasida Igor Kolivanovni oʻrniga maydongga tushdi.
1992-yil Rossiya chempionatida Dinamo Moskvaning farm jamoasi Dinamo-D jamoasi safida toʻp surdi. Keyingi mavsumdan Batinkov ikki yil davomida Rossiya Premyer-ligasida Stavropolning „Dinamo“ jamoasida, keyinchalik esa Birinchi ligada „Shinnik“ jamoasi tarkibida oʻynadi. 1995-yilda O‘zbekiston Oliy ligasi jamoasi Namanganning „Navbahor“ jamoasiga o‘tdi. Namanganliklar safida 2 mavsum davomida toʻp surib, 1996-yilgi mavsumda Oʻzbekiston chempioni unvoniga ega boʻldi. Batinkov „Navbahor“ jamoasi safida 72 ta uchrashuvda 13 ta gol urdi va chempionlik mavsumida jamoaning eng muhim futbolchilaridan biriga aylandi.
3 yildan soʻng Oʻzbekistondan Rossiyaga qaytib keldi va ikkinchi liga klublari, „Noginsk avtomobilist“, „Severstal“, „Vidnoe“ va „Reutov“, shuningdek, Armanistonning „Mika“ jamoalarida toʻp surdi. Professional faoliyatini yakunlaganidan soʻng, bir qator havaskor jamoalarda ham o‘ynadi.
Yutuqlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org