Dmitriy Aliyev
Dmitriy Sergeyevich Aliyev (ruscha: Дмитрий Сергеевич Алиев; 1999-yil 1-iyunda tugʻilgan) — rossiyalik figurali uchuvchi. 2020-yilgi Yevropa chempioni va 2020-yilgi Rossiya milliy chempioni, 2017-yilgi Oʻsmirlar darajasidagi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori, 2016—2017-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali chempioni, 2016-yilgi oʻsmirlar Olimpiadasining ikki karra sovrindori va ikki karra (2016, 2017) oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya milliy chempioni.
Faoliyati
Aliyev 2014—2015-yilgi mavsumda Oʻsmirlar darajasidagi Gran-pri seriyasida debyut qilgan.
Lyublyana, Sloveniya va Yaponiyaning Aichi shaharlarida boʻlib oʻtgan musobaqalarda bronza medallari bilan taqdirlangan Aliyev oʻsmirlar darajasidagi Gran-pri finalida uchinchi oʻrinni egalladi. Oʻzining katta xalqaro debyutini amalga oshirib, 2014-yilda ISU Challenger seriyasi boʻlgan „Golden Spin of Zagreb“ musobaqasida oʻninchi oʻrinni egalladi. Oʻsmirlar safiga qaytgan Aliyev 2015-yilgi Rossiya oʻsmirlar chempionati va 2015-yilgi Yevropa yoshlar olimpiya qishki festivalida bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Kattalar toifasida musobqada qatnashgan Aliyev 2015-yilgi Xalqaro Nice kubogida bronza, 2015-yilda CS Tallinn Trophy musobaqasida kumush medal bilan taqdirlangan. Dekabr oyida Barselonada boʻlib oʻtgan 2015—2016-yilgi Oʻsmirlar darajasidagi Gran-pri finalida amerikalik Nathan Chendan keyin ikkinchi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha oyning oxirida Aliyev 2016-yilda Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan Rossiya chempionatida oltinchi oʻrinni egalladi, yanvar oyida Chelyabinskda oʻtkazillgan oʻsmirlar oʻrtasidagi birinchi milliy chempionlikni qoʻlga kiritdi.
Aliyev 2021-yilgi CS Finlandia Trophy musobaqasida qatnashib, bronza medalini qoʻlga kiritdi. Keyingi haftada u 2021-yilgi Budapesht Trophy musobaqasida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Uning Gran-pridagi birinchi topshirigʻi dastlab 2021-yilgi Xitoy kubogi musobqasida ishtirok etish edi, biroq musobqa bekor qilinganidan soʻng Aliyev 2021-yilgi Turinda boʻlib oʻtgan Gran Premio d’Italia turniriga tayinlandi. U musobaqada toʻqqizinchi oʻrinni egalladi. Dmitriy Aliyev 2021 Internationaux de France musobaqasida qatnashib beshinchi oʻrinni egalladi.
Aliyev 2022-yilgi Rossiya chempionatida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi.
Dasturlar
Manbalar
uz.wikipedia.org